Speedtest.net platformasi ma'lumotlariga köra, jahonda simli internetning örtaça tezligi 70 Mbit/sni taşkil etadi. Öz navbatida, 100 Mbit/s — 62 mamlakatdan 55tasida taklif etiladigan tezlikdir.
Polşa, Ruminiya, Fransiya va Singapur kabi davlatlarda yirik internet provayderlar bunday «past» tezlikni taklif qilmaydi. Polşa va Ruminiyada minimal tezlikdagi tarif — 150 Mbit/s, Fransiyada — 200 Mbit/s, Singapurda — 500 Mbit/s.
100 Mbit/s tezlikdagi internet qayerda arzon?
Röyxatda qayd etilgan mamlakatlar orasida 100 Mbit/s tezlikdagi internet uçun eng katta tölovni JAR aholisi tölaydi — oyiga örtaça 87 dollar. Islandiya va Norvegiyada bu tezlikdagi internet uçun oyiga 69 dollar tölanadi.
Şarqiy Yevropadagi ayrim davlatlarda 100 Mbit/s tezlikdagi internet uçun tölov judayam arzon: Moldovada — oyiga 9,66 dollar, Rossiyada — 7,68 dollar va Ukrainada — 6,19 dollar.
Picodi.com analitiklari Özbekistonni 100 Mbit/s tezlikdagi internet uçun tölovning qimmatligi böyiça 11-öringa qöyişgan. Ularning ma'lumotiga köra, Özbekistonda bu tezlikdagi internet uçun oyiga 51,22 dollar tölanadi. (Ayni paytda «Özbektelekom» oyiga 599 ming söm evaziga (62 dollar) 100 Mbit/s tezlikdagi çeklanmagan internet tarifini taklif etmoqda.

Bir xil narx – har xil tezlik
Analitiklar şuningdek, oyiga 20 dollar evaziga qanday tezlikdagi internetga ega böliş mumkinligini körib çiqişdi. Ularga köra, Vengriya, Hindiston, Latviya, Moldova, Ruminiya va Ukrainada uşbu narxga 1 Gbit/s tezlikdagi internetdan foydalaniş mumkin.
Tojikistonda esa 20 dollarga 1 Mbit/s tezlikdagi internetga ega bölinadi.
Özbekistondagi körsatkiç 20 Mbit/s deb e'tirof etilgan.

Özbekistonda internet tezligi 10 barobarga oşirildi (mi?)
Eslatib ötamiz, «Özbektelekom» AK 2018 yil 1 dekabrdan Özbekistondagi internet tezligi 10 barobarga oşirilişini











