22 dekabr kuni vakillik organlariga bölib ötadigan saylovlarni kuzatiş uçun Mustaqil davlatlar hamdöstligi parlamentlararo assambleyasi boş kotibi Dmitriy Kobitskiy rahbarligida 37 nafar vakil taşrif buyurdi.

Dmitriy Kobitskiyning ma'lum qilişiça, Özbekistonda saylov bilan boğliq barça jarayonlar MDH parlamentlararo assambleyasi vakillari tomonidan monitoring qilib borilgan, xalqaro standartlarga muvofiqligi örganilgan. Mazkur monitoring yakunlari böyiça yuridik xulosa vakillarni qabul qilgan senator Alişer Kurmanovga taqdim etildi.

Dmitriy Arkadeviç

“Özbekistondagi özgarişlarni butun dunyo hamjamiyati, biz ham kuzatib boryapmiz. Ijobiy yangiliklar köp. Yangi tarkibda şakllanadigan parlamentning missiyasi şuki, bu özgarişlari davom ettirişda ular asosiy taşabbuskor bölişi lozim”, ─ deydi boş kotib Dmitriy Arkadeviç.

Senator Alişer Kurmanov Özbekistonda siyosiy jarayonlarga medianing ta'siri haqida öz fikrlarini bildirdi.

Alişer Kurmanov

“Yaqinda saylovlarni ötkazgan Buyuk Britaniyada ham media va ijtimoiy tarmoqlarning siyosiy jarayonlarga ta'siri sezildi. Özbekiston ham bu holdan mustasno emas. Telegram messenjerining özi ham katta media platformaga aylangan. Yuzlab kanallar, bloglar bor unda. Bu siyosiy partiyalar öz taşviqotini qanday va qayerda olib borişi kerakligini körsatib berdi”, ─ deydi u.

Şuningdek, senator Özbekistondagi saylovlar uçun yangilik bölgan siyosiy debatlarga ham munosabat bildirdi.

“Siyosiy debatlar tendensiyasining kirib kelişi oq-qora televizorga örgangan odamning rangli televizorni köra boşlaşiga öxşaydi. Taassurot ham xuddi şunaqa. Juda jiddiy masalalarda muhokamalar böldi, deputatlar kerakli javobni bera olmay qolgan vaziyatlarni ham kördik. Bu kerakli özgariş. Partiyalar şunaqa tarzda moslaşib boradi. Debatlarning, saylovning xalq uçun ham ahamiyati katta. Bu xalq muammo uçun çindan jon kuydiradigan haqiqiy deputat va populistni tanib olişi uçun muhimdir”, ─ deya qöşimça qildi Kurmanov.