Senatning Xalqaro munosabatlar, taşqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qömitasi raisi Alişer Kurmanov 22 dekabr kungi saylovlarni kuzatiş maqsadida taşrif buyurgan mehmonlar ─ Fransiya milliy kengaşi deputatlari Per Kabare va Kerol Byuro-Bonnar bilan uçraşdi.

Senator mehmonlarni Özbekistonda, xususan, parlament tizimida amalga oşirilgan özgarişlar bilan taniştirdi.

“Ilgari Oliy Majlis Senati bir yilda tört marta yiğilgan bölsa, hozirgi kunga kelib, har oyda yalpi majlislar ötkazmoqda. Bu qonun ijodkorligidagi özgarişlarni, töğridan töğri amal qiladigan qonunlar soni ortayotganini körsatadi”, ─ deya qayd etdi senator.

Alişer Kurmanov

Kurmanov mamlakatdagi islohotlarni “revolyutsion demokratiya” sifatida baholadi.

“Biron maqsadga erişişning ikki yöli bor: evolyutsion (bosqiçma-bosqiç, tadrijiylik asosida ─ tahr.) va revolyutsion (keskin, inqilobiy özgariş ─ tahr.). Özbekistondagi islohotlar, jamiyat hayotida parlament rolining ortişi, yangi saylovlarni kuzatib, bu özgarişlarni revolyutsion demokratiya deb ataşimiz mumkin. Hukumat oçiqlik siyosatini tanladi, endi bu yöldan ortga qaytiş uçun imkoniyat ham, istak ham yöq”, ─ deydi u.

“Fransiya ─ Markaziy Osiyo” parlamentlararo guruhi vitse-prezidenti Per Kabare Özbekiston parlamenti oldida turgan muhim vazifani qayd etib ötdi.

Per Kabare

“Özbekiston prezidenti davlat organlari, hukumat idoralarini xalq uçun oçiq va yaqin qilişga astoydil harakat qilayotganini kuzatib turibmiz. Parlament ham xuddi şu yöldan borişi, oçiqlik prinsipini mahkam uşlaşi kerak. Har qanday parlament xalq bilan yaqin böliş uçun saylovlardan oldin öziga olgan majburiyatdan uzoqlaşmasligi lozim. Yangi şakllanayotgan vakillik organi uzoq yillar davomida parlament va xalq örtasida paydo bölgan böşliqni ham töldirişiga töğri keladi”, ─ deya ta'kidlaydi janob Kabare.