Senat tomonidan ma'qullangan va prezident Tramp tomonidan imzolangan 2020 yilgi mudofaa budjetida Rossiyani tiyib turiş uçun 734 million dollar (budjetning 0,1 foizi) ajratilişi ham kiritilgan. Uşbu budjet joriy yildagisidan 3,1 foizga kattaroq.

Pentagonning asosiy ehtiyojlariga 635 milliard dollar ajratilmoqda. Afğoniston, Suriya va Yamanda harbiy operatsiyalarni davom ettiriş, boşqa mamlakatlarda terrorçilarga qarşi turiş uçun 71,5 milliard, yana 31,5 milliard dollar esa  yadroviy qurolning jangovar tayyorgarligini ta'minlab turiş, uni modernizatsiya qiliş va boşqa mudofaa maqsadlariga sarflanadi.

Hujjat bilan AQŞning Rossiya bilan harbiy sohada hamkorlik qiliş hamda Qrimni tan olişga taqiq öz kuçida qoldirildi.

Ukrainaga ham 300 million dollar yordam körsatiş, uçuvçi harbiy qurilmalar yetkaziş közda tutilgan.

Şuningdek, hujjat Turkiyaga Amerikaning beşinçi avlod F-35 qiruvçi samolyotlarini berişni taqiqlaydi. Anqara tomonidan Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimi sotib olinişi «Rossiyaning Yevropa va Yevrosiyodagi ta'siriga qarşi turiş» töğrisidagi qonun moddasiga tuşadi, bu esa sanksiya kiritilişini nazarda tutadi.

AQŞning yangi yildagi mudofaa budjetiga yangi körinişdagi kosmik qöşinlar yaratiş haqida band ham kiritilgan.

Germaniyadagilar norozi

Budjetda Rossiyaning «Şimoliy oqim-2» va «Turk oqimi» gaz quvurlariga nisbatan sanksiyalar ham nazarda tutilgan.

Budjet imzolanişi arafasida bundan xabardor bölgan «Gazprom»ning şveysariyalik pudratçisi — AllSeas kompaniyasi iqtisodiy çeklovlarga duçor bölişdan çöçib, darhol işlarni töxtatgan, deb yozmoqda Forbes. Kompaniyaning rasmiy saytidagi bayonotida AQŞ hokimiyatidan tuşuntiriş söralgan.

Foto: RT

12 dekabr kuni AQŞ Kongressi hujjatning loyihasini qabul qilganida respublikaçi senatorlar AllSeas’ga xat jönatişgan va kompaniyadan barça işlarni töxtatişni, aks holda «fatal barbodlik» bilan tahdid qilişgan. «AQŞ mudofaa budjetining qabul qilinişi bilan undagi şartlarni qabul qilişlaring va «Şimoliy oqim-2» uçun quvur yotqizişni bas qilişdan boşqa çoralaring yöq», — deyilgan xatda.