Xalq demokratik partiyasi lideri Uluğbek Inoyatov saylovning yakuniy natijalaridan xursand emas. U va partiya vakillari heç bölmaganda 3 örinni egallaşni maqsad qilib kuraşlarga qöşilgan. Bu haqda u Markaziy saylov komissiyasining Xalqaro matbuot markazida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi, xalq deputatlari viloyat, şahar va tuman kengaşlariga ötgan saylov yakunlari böyiça matbuot anjumanidan söng Kun.uz muxbiriga ma'lum qildi.

«Bugungi natijalar, albatta, biz kutgan natija emas. Heç bölmaganda oldingi saylovdagi uçinçi örinda qolsak kerak degan niyatda edik. Ikkinçi öringa çiqiş niyati ham yöq emasdi.

Albatta, hamma birinçi öringa harakat qiladi, lekin biz imkoniyatlarimizni çamalab şu natijani kutgandik.

Ikkinçidan, natijalarga men özimni aybdor deb hisoblayman. Çunki men partiyaga rahbar bölib kelganimga olti oy böldi. Olti oy içida taşkiliy masalalarda köp iş qildim, balki tajribasizligim pand bergandir. Bu mening aybim.

Uçiçidan, bizning partiya parlamentdagi eng tajribali partiya. Balki xalqimiz bizning dastur va ğoyalarimizdan qoniqmagandir», deya Uluğbek Inoyatovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Ma'lumot uçun, Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga ötgan saylovlarda partiyalar quyidagi tartibda deputatlik örinlariga ega bölgan:

  • Özbekiston Liberal demokratik partiyasi – 43 nafar;
  • «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi – 35 nafar;
  • «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi – 21 nafar;
  • Xalq demokratik partiyasi – 18 nafar;
  • Ekologik partiya – 11 nafar.