Hollivud aktyori Jyeki Çan “Avangard” (The Vanguard) filmida suratga tuşiş vaqtida halok bölişiga bir baxya qolgani haqida sözlab berdi. Bu haqda The Straits Times naşri xabar berdi.
Voqea otişma sahnalaridan biri suratga olinayotgan vaqtda yuz bergan. 65 yoşli aktyorning ta'kidlaşiça, u suratga oliş vaqtida dengiz tubida toşlar orasiga tiqilib qolib, u yerdan çiqib keta olmagan.
Biroq maşhur aktyor vahimaga tuşmagan, ammo qörquvdan titray boşlagan. Şunda Çanning hamkasblari yordamga kelib, uni suvdan çiqarib olişgan.
“Birdaniga men qörquvni his qildim va vujudim titray boşladi. Men şunday osongina ölişim mumkin edi. Suvdan çiqqanimda rejissyor Stenli Tonga hattoki köziga yoş olgan”, deb eslaydi öşa voqeani aktyor.
Uning ta'kidlaşiça, u rejissyorni hammasi joyidaligiga işontirgaç, köp ötmay suratga oliş işlari davom ettirilgan.
Aktyor filmlarda murakkab sahnalarni özi bajarişi bilan tanilgan. Şu sababli u bir neça marta oyoq-qöli, burni, soni, böyni, qovurğalaridan jarohat olgan. Aktyor eng oğir jarohatlaridan birini “Tangri aslahalari” filmida suratga tuşişi vaqtida olgan: Çan daraxtdan yiqilişi oqibatida boşidan oğir jarohat olib, deyarli ölim yoqasida bölgan.
Aktyor iştirokidagi “Avangard” filmi 2020 yil 25 yanvarda ekranlarga çiqadi. Xitoylik kinoijodkorlar suratga olgan filmda qöriqlaş firmasining xitoylik millioner oilasining yollanma qotillar taşkiloti tomonidan öğirlab ketilişiga qarşilik körsatişi haqida sözlanadi.

















