Köpçilik abituriyentlarga kiriş imtihonlari testlari qanaqa şaroitda va kimlar tomonidan tuzilişi, ular işlagan testlar qanday tekşirilişi jarayoni qiziq bölsa kerak.
Masalan, test tuzilişi jarayoniga boğliq holatlar va testologlar haqida nega heç qanaqa ma'lumot oçiqlanmasligi hammaga ham ma'lum emas.
Davlat test markazi tomonidan mazkur ma'lumotlar va jarayonni oçiqlaş uçun ilk bor press-tur taşkil etildi.

«Bu binoga biz ham kirolmaymiz...»
DTMning testologlar işlaydigan bölmasi, bosmaxonasi, testlar saqlanuvçi xonalar alohida binoda joylaşgan bölib, unga faqat maxsus ruxsat etilgan xodimlar kirişlari mumkin xolos.

Bu obektga barmoq izi va yuzdan tanib oluvçi maxsus himoyalangan identifikator örnatilgan bölib, boşqa xodimlarning kirişi taqiqlanadi.


Hatto derazalari ham yopiq bu binoda telefon va internetdan foydalaniş çeklangan, xodimlar bir-biri bilan ratsiya orqali boğlanadi.
«Testologlar maxsus talab asosida saralanadi...»
Taşkilot xodimlarning ma'lumotiga köra, testlar xavfsizligini ta'minlaş uçun testologlar haqida oçiq ma'lumot berilmaydi.
Xodimlar tomonidan tuzilgan testlar maxsus serverga borib tuşadi.
Umumta'lim fanlari böyiça test topşiriqlarini şakllantiriş bölimi boşliği Uluğbek Nurmanovning ta'kidlaşiça, testologlar ariza bilan murojaat qilganlaridan söng ular bir neça bosqiçli sinovdan ötkaziladi.

«Ularga, eng avvalo, mutaxassisligi böyiça test sinovlari beriladi. Ijobiy natija körsatganlar ikkinçi bosqiçga ötadi, bunda ularga ekspertiza uçun savollar beriladi.












































