Gruziyada sobiq sovet rahbari Iosif Stalinning şaxsiy temir yöl salon-vagoniga madaniy merosning harakatlanuvçi yodgorligi maqomi berildi. Bu haqda Gruziya madaniy merosni muhofaza qiliş milliy agentligi xabar berdi.
Stalinga tegişli bölgan vagon u tuğilgan Gori şahridagi uy-muzey hududida saqlanadi. Stalin vagondan 1941 yildan boşlab, jumladan Tehron va Yalta konferensiyalariga borişda şu vagondan foydalangan.
Gruziya madaniy merosni muhofaza qiliş milliy agentligi Nika Antidzening aytişiça, vagonga uşbu maqomni beriş taşabbusi Stalin uy-muzeyi ma'muriyati tomonidan bildirilgan.
U salon-vagon bilan boğliq barça işlar, şuningdek, uni restavratsiya qiliş madaniy merosni muhofaza qiliş milliy agentligi bilan kelişilgan holda amalga oşirilişini ta'kidladi.

Avvalroq Baza naşri Moskvadagi garajdan Iosif Stalin 1949 yilda yurgan ZIS-115 limuzini öğirlab ketilgani haqida ma'lum qilgandi.

















