2019 yil 28 dekabr kuni soat 15:40larda, Andijon viloyati Marhamat tumani hududidan ötuvçi 4R-138 “Şahrixon-Asaka-Marhamat-Qizilqiya” avtomobil yölining 30-km.da YTH sodir böldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga köra, haydovçi, Oltinköl tumanida yaşovçi, 1962 yilda tuğilgan A.R. “Matiz” rusumli avtomobilini boşqarayotib, ogohlantiriş çiroğini yoqmasdan orqaga qayrilganida, bir yönalişda orqasidan kelayotgan haydovçi, Buloqboşi tumanida yaşovçi, 1998 yilda tuğilgan Q.M. boşqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomobili “Matiz” rusumli avtomobilining yon qismiga urilib, töqnaşuv sodir etgan. 

Natijada “Matiz” rusumli avtomobil yölovçisi Andijon şahrida yaşagan, 1969 yilda tuğilgan A.M. voqea joyida halok bölgan va Marhamat tumanida yaşovçi, 1988 yilda tuğilgan T.I. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan.