Kuni keça Renault-Nissan-Mitsubishi alyansining sobiq rahbari, Tokioda uy qamoğida bölgan Karlos Gon Yaponiyani ruxsatsiz tark etib, Livanga qoçib ketgani töğrisidagi xabar jahon ommaviy axborot vositalarida eng köp tilga olingan voqealardan biri böldi. Uning Yaponiyani qay tarzda tark etgani töğrisidagi taxminlar esa alohida mavzuga aylandi.
Xöş, bunçalik şov-şuvlarga sababçi bölgan Karlos Gon kim özi?
Kelib çiqişi livanlik bölgan Karlos Gon 1954 yil martda Braziliyaning Portu-Velyu şahrida tuğilgan.
1974 yilda Parijdagi politexnika maktabining kimyo fakultetini, 1978 yilda esa oliy konçilik maktabini bitirgan.
U 1978 yildan Michelin kompaniyasida işlay boşlagan. Gon kompaniyaning Braziliya va Şimoliy Amerikadagi bölinmalariga rahbarlik qilgan. 1996 yildan esa Renault kompaniyasining ijroçi vitse-prezidenti bölgan. 1999 yilda Nissan kompaniyasining işlab çiqariş böyiça direktori etib tayinlangan Karlos Gon 2000 yilda kompaniya prezidenti, oradan bir yil ötib esa boş direktori bölgan. 2005 yildan Renault kompaniyasining prezidenti va boş direktori vazifasini ham bajargan.
Direktormi yoki gubernator?
2015 yilda Fransiya iqtisodiyot vaziri bölgan Emmanuel Makron Renault kompaniyasidagi davlat aksiyalari paketi uluşini 15,01 foizdan 19,74 foizga yetkazib kompaniya aktivlarini nazorat ostiga olişga urindi. Renault-Nissan direktorlar kengaşi raisi bölgan Gon bu hujumga qarşilik körsatdi va 2017 yilda davlat paketlarining uluşini ilgarigi holatiga qaytardi.
Karlos Gon 2013 yildan 2016 yilgaça AvtoVAZ» direktorlar kengaşi raisi bölgan vaqtda ham davlat bilan kelişmovçilik yuz berdi. Kompaniya boş direktori Bu Anderson işlab çiqarişni butkul özgartirdi va butlovçi qismlar yetkazib beruvçilarni ham almaştirdi. Bu Rossiya avtomobil ehtiyot qismlari bozorini öziniki deb bilgan manfaatdor tuzilmalarning ğazabiga sabab böldi. Karlos Gon Tolyattidagi zavodda ommaviy işdan böşatişlar va ortiqça xarajatga olib kelayotgan işlab çiqarişlarni yopa boşlagaç, Rossiyaning siyosiy hukumati ham taşvişga tuşdi. Rossiyada direktor şunçaki kapitalist emas, balki gubernatorça fikrlay oladigan ham bölişi, ya'ni işdan böşatilayotgan odamlar taqdirini ham öylaşi lozim. Ammo u bunday xususiyatga ega emasdi. Şu bois Bu Anderson ortidan Karlos Gon ham Tolyattidan ketişga majbur böldi.



















