Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent viloyatida 6ta hudud «Oltin halqa» turizm konsepsiyasi asosida rivojlantiriladi
Vazirlar Mahkamasining “2019-2021 yillarda Toshkent viloyatida turizm sohasini jadal rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligining:
viloyatning Bo‘stonliq, Ohangaron, Parkent, Bo‘ka, Chinoz, Zangiota tumanlari va Angren shahrida zarur infratuzilmani shakllantirish orqali ular o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni ta'minlash asosida turistlarning uzluksiz sayohatlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida ushbu hududlarni “Oltin halqa” turizm konsepsiyasi asosida rivojlantirish;
Parkent tumanining “Kumushkon” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida zarur infratuzilmani barpo etish, oilaviy mehmon uylari faoliyatini va qo‘shimcha turizm xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda mahalliy aholini turizm sohasidagi tadbirkorlikka keng jalb etish maqsadida “Kumushkon turizm qishlog‘i”ni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflari ma'qullandi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda:
Dasturda va Rejada belgilangan tadbirlar va loyihalarni o‘z vaqtida, to‘liq hajmda sifatli bajarilishining tizimli monitoringini olib boradi va uning natijalarini har oyda muhokama qiladi;
muammoli masalalarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va ularni tezkorlik bilan hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘radi.
Dasturda va Rejada belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi holati yuzasidan har chorak yakunlari bo‘yicha keyingi oyning 10-kuniga qadar Turizmni rivojlantirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengashga ma'lumot kiritib boradi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.06.2026
Bo‘stonliqda kanalga tushib ketgan ikki boladan birining jasadi topildi
21:23 / 20.06.2026
Qibrayda avtomobilda qizlarga uyatsiz harakat qilgan yigitlar 5 sutkaga qamaldi
16:47 / 19.06.2026
Toshkent viloyatida ekologiya mas’ullariga qat’iy choralar ko‘rildi
12:02 / 18.06.2026