AQŞning The National Interest naşri eng kuçli dengiz piyoda qöşinlariga ega yetakçi beşta davlatni ma'lum qildi.

Reytingga AQŞning dengiz piyoda qöşinlari korpusi yetakçilik qilmoqda. Ta'kidlanişiça, uşbu korpus qolgan davlatlar dengiz piyoda qöşinlariga nisbatan harbiylari soni kattaligi bilan farqlanadi: 2017 yil natijalariga köra, korpusda 186 mingga yaqin kişi xizmat qiladi va 38 mingga yaqin zaxiradagi harbiyga ega.

2-örinni Rossiyaning dengiz piyoda qöşinlari egallagan. National Interest’ning yozişiça, Rossiyada uşbu qöşin turi AQŞ dengiz piyoda qöşinlari korpusi kabi rolni bajaradi, ya'ni desant operatsiyalariga ixtisoslaşgan kuçlar hisoblanadi. Rossiya dengiz piyoda qöşinlari yaxşi jangovar tayyorgarlikka ega.

3-örinni Buyuk Britaniyaning qirollik dengiz piyoda qöşini egalladi. Britaniya qurolli kuçlarining uşbu turi özidan yengil piyoda qöşinni aks ettirib, doimo jangovar şay holatda turadi. Uning harbiylari soni 7 mingga yaqinni taşkil qiladi.  

4-öringa Janubiy Koreya dengiz piyoda qöşinlari qöyildi. Unda 29 mingga yaqin harbiy xizmat qiladi. Qöşin amerikalik mutaxassislar tomonidan öqitilib, AQŞ dengiz piyoda qöşinlari kabi vazifalarni bajaradi.

Beştalikning oxirgi örnidan Xitoy dengiz piyoda qöşinlari joy oldi. Unda 30 mingga yaqin kişi xizmat qilib, harbiy kemalar va harbiy-dengiz bazalaridan harakatlarni amalga oşirişga möljallangan. Biroq maqola muallifining ta'kidlaşiça, Xitoy dengiz piyoda qöşinlarida jangovar tajriba yöq. Xitoy armiyasi bu muammoni hal qiliş uçun Rossiya harbiy-dengiz floti bilan yaqindan hamkorlik qiladi.