Livan Interpoldan Nissan avtokonserni sobiq rahbari Karlos Gonni hibsga oliş uçun order oldi. Bu haqda mamlakat adliya vaziriga tayanib Daily Star naşri xabar berdi.
31 dekabr kuni Fransiya, Braziliya va Livan fuqaroligiga ega bölgan Gon Livanga kelgani ma'lum bölgandi.
OAV ma'lumotlariga köra, Karlos Gon Yaponiyani 30 dekabrda tark etişga muvaffaq bölgan. Uning Tokiodagi uyiga yollanma şaxslar guruhi yangi yil bilan tabriklaş bahonasida musiqaçilar körinişida kirib, uni musiqa asbobi ğilofida olib çiqib ketişgan. Yaponiya xavfsizlik xodimlari şubhali heç narsa sezişmagan.
Söngra Gon kiçikroq aeroportga olib borilib, u yerdan Turkiyaga, söngra xususiy samolyotda Livanga uçib ketgan.
Ma'lum qilinişiça, Livanda Gon prezident Mişel Naim Aun bilan uçraşib, davlatdan xavfsizlik kafolatini olgan. Ta'kidlanişiça, Livan fuqaroligiga ega bölgan Nissan’ning sobiq rahbari Livanda katta hurmatga ega. Bundan taşqari, Livan va Yaponiya örtasida ekstraditsiya haqida kelişuv yöq.
Yaponiyada moliyaviy firibgarliklarda ayblangan Gon 2018 yil kuzida hibsga olinib, 2019 yil martida garov puli evaziga ozodlikka çiqarilgan. Unga Yaponiyani tark etiş va rafiqasi bilan muloqot qiliş taqiqlangan edi. U Yaponiyada 80 mln dollarlik daromadni yaşirişda ayblanmoqda.

















