«Kapitalbank» aksiyadorlik tijorat bankida muddatidan oldin rahbar özgardi. Bu haqda Korporativ ma'lumot yagona portalida xabar berilgan.

Ma'lum qilinişiça, 2019 yilning 30 dekabrida bank boşqaruv kengaşi majlisi ötkazilgan, unda bank boşqaruv kengaşi raisi Oleg Kimning vakolatlarini muddatidan oldin bekor qiliş, şuningdek, 2020 yil 3 yanvaridan u bilan mehnat şartnomasini bekor qiliş masalasi körib çiqilib, ijobiy hal etilgan.

Aleksey Gluşçenko

4 yanvar kunidan Aleksey Gluşçenko bank boşqaruvi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan. U şu vaqtga qadar boşqaruv kengaşi raisi örinbosari edi.

Eslatib ötamiz, Oleg Kim 2019 yil iyunida Şerzod Karimboyev örniga «Kapitalbank» boşqaruvi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.

«Kapitalbank» — Özbekistondagi xususiy tijorat banklaridan biri. 2004 yilda u «Aviabank» bilan birlaşib, aksiyadorlik tijorat bankiga aylangan. 

2019 yilning avgustida Promadik Invest kompaniyasi «Kapitalbank»ning 36 foiz aksiyalarini sotib olgani xabar qilingandi.