Bugun, 7 yanvar kuni «Özbekipaksanoat» uyuşmasining 2019 yil yakunlari va 2020 yilda amalga oşiriladigan istiqbolli rejalarga bağişlangan matbuot anjumani ötkazildi.
Unda sözga çiqqan «Özbekipaksanoat» uyuşmasi rais örinbosari Olimjon Jumayev özbek ipak mahsulotlari eksporti körsatkiçlarini yanada oşiriş uçun özbek ipak matolarining sifati yaxşilanişi kerakligini aytdi.

«Sifatli pilladan sifatli ipak böladi. Yevropa brendlarining dastgohlarini olib kelyapmiz. Yaponiya, Koreya, Xitoydan [dastgohlar] olib kelyapmiz. Lekin dastgohga mos keladigan mahsulotni ham özimiz işlab çiqarişimiz kerak.
Buning uçun işni bargning sifatidan boşlaşimiz kerak. Barg sifatini yaxşilanmas ekan, sifatli pilla ololmaymiz», deya Olimjon Jumayevning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
«Özbekipaksanoat» uyuşmasi rais örinbosari pilla sifatini oşiriş masalasiga ham töxtaldi.
«Bitta pilladan 1,5 ming metrgaça ip çiqadi. Hozirgi kunda yetarli darajada ozuqalanmagan yoki ozuqa yemagan pilla 1,5 ming metrli ipakni bermaydi. 400, 500, 600 metr bölib qoladi va uziluvçan böladi. Dastgohlarga töğri kelmay qolyapti. Şuning uçun biz 2020 yilda butun e'tiborimizni ozuqa bazasiga qaratyapmiz. Intensiv tutzorlarni yaratyapmiz. Örma tutzor böladi. Oldingidek daraxt çopilmaydi», deydi Olimjon Jumayev.
Matbuot anjumanida berilgan ma'lumotlarga köra, sohada eksport hajmi 2017 yilda 30,9 million dollar, 2018 yilda 50,7 million dollarni taşkil qilgan (ösiş sur'ati 19,8 million dollar yoki 164 foizdan köp). 2019 yilda 65,2 million dollarlik ipak mahsulotlari eksport qiliş prognozi ortiği bilan uddalangan, ya'ni yil yakuniga qadar bu körsatkiç 70 million dollarga yetkazilgan.
















