Eslatib ötamiz, 2019 yil 21 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda şaxsi noma'lum ikki ayolning özaro suhbati yozilgan audioyozuv tarqaldi va keng muhokamalarga sabab böldi. Unda suhbatdoşlar Dilorom ismli boğça mudirasini işdan oliş böyiça ğarazli niyatlarini bolalarni ommaviy zaharlaş orqali amalga oşirişni muhokama qiladi.
«Bolalarni kuçli «otravleniye» qiladigan biron nima topib, göşt içiga soliş kerak. Bilyapsizmi, Bekobod şahrida tinimsiz şunaqa çiqyapti, [natijada] mudirlarni işdan olib taşlayapti-ku. Yuz foiz ketadi mudirasi ham, zavxozi ham, özi ham... Hammasi javobgarlikka tortiladi. Biror-bir vraç tanişingiz yöqmi?», – deydi ayollardan yoşroği.
U suhbatdoşining qizi aptekada işlaşini aytar ekan, qizining maslahatini olişga köndirişga urinadi.
Toşkent viloyati IIBB Axborot xizmati ayni telefon suhbati iştirokçilaridan biri Sojida Karimqulova bilan bölib ötgan suhbatni Kun.uz’ga taqdim etdi.

Unda bolalarni zaharlaş rejasi insoniy axloq tamoyillariga umuman töğri kelmasligi ta'kidlanib, şov-şuvli telefon suhbati qanday bölganiga doir tafsilotlar e'lon qilingan.
Toşkent viloyati, Bekobod tumani, Mirzo Bobur mahallasida istiqomat qiluvçi S.Karimqulovaning sözlariga köra, u jiyanini boğçaga qayta işga tiklaş uçun sa'y-harakatlar qilib yurgan vaqtida Feruza Sultonova degan ayol bilan körişib, tanişib qolgan.
«U boğça mudirasi va boşqarma boşliğidan norozi ekanini, çunki uni nohaqdan işdan böşatib yuborganini aytdi. Ikkisi meni işdan haydagan, dedi. Men ham jiyanimni ikki oydan beri işga joylaştira olmayotganimdan xafaligimni bildirdim. Telefon raqamimni oldi. Ikki kundan keyin, boğça bolalarini zaharlab, maqsadga yetişişni, ular işdan ketişi, u işga tiklanişi, jiyanim işga kirişini aytib, qönğiroq qildi», - deya tafsilotlari bilan örtoqlaşdi S.Karimqulova.
Sojida opaning aytişiça, u Feruzaning taklifidan dovdirab qolgan, biroq suhbatini buzmasdan tinglagan.

















