MJTKda işlarni şakllantiriş va sud majlislarini audio-, videoyozuvlarga jamlaş tartibi körsatildi, deb yozmoqda Norma.
 
Ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar işda iştirok etuvçi şaxslar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar yoki işni körib çiqiş jarayonida organ (mansabdor şaxs) tomonidan talab qilib olingan hujjatlar, şuningdek qoğozda rasmiylaştirilgan hujjatlar asosida şakllantiriladi.
 
Işlar elektron şaklda şakllantirilişi mumkin (qoğoz körinişidagi nusxalari bölişi mumkin). Mazkur holatda işda iştirok etuvçi şaxslar organga (mansabdor şaxsga) özining ERI bilan tasdiqlangan hujjatlarni elektron şaklda taqdim etişga haqli, organ (mansabdor şaxs) tomonidan rasmiylaştirilgan hujjatlar tegişinça organning majlisida raislik qiluvçining va kotibning yoki işni körib çiquvçi mansabdor şaxsning ERI bilan tasdiqlanadi. 
 
Şunga qaramay, iş holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanişi lozim bölganda yoki boşqa zarur hollarda işni yuritayotgan organning (mansabdor şaxsning) talabi bilan hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi. Işlar elektron şaklda şakllantirilganda, sudga taqdim etilgan hujjatlar işga elektron şaklda qöşib qöyiladi va egalariga qaytariladi.
 
Işlarni elektron şaklda bir organdan boşqa organga topşiriş axborot tizimi orqali amalga oşiriladi. Uning yordamida elektron hujjat körinişidagi ma'muriy huquqbuzarliklar töğrisidagi işlar böyiça qarorlar çiqarilişi va ijro etiş uçun yuborilişi mumkin.
 
Sudning taşabbusi bilan yoki işda iştirok etayotgan şaxslarning iltimosnomasiga köra sud majlisi audio- yoki videoyozuvga yozib borilişi mumkin. Sud majlisining bayonnomasida tuşuntirişlar, iltimosnomalar va ularni körib çiqiş natijalari, şuningdek qabul qilingan qaror e'lon qilinişi hamda uning ustidan şikoyat qiliş tartibi va muddatlari aks ettirilmaydi. Bularning örniga guvohlar tuşuntirişlarining, körsatuvlarining, ekspertlar öz xulosalari yuzasidan bergan oğzaki tuşuntirişlarining, muzokaralarning hamda prokuror fikrlarining boşlangan va tugagan vaqti körsatiladi, şuningdek sud majlisini yozib olişning texnik vositalaridan foydalanilganligi töğrisida belgi qöyiladi. Elektron yoxud boşqa audio- yoki videoyozuvlar jamlangan vositalar bayonnomaga qöşib qöyiladi.
 
Sud majlisi videokonferensaloqa rejimida ötkazilgan taqdirda, bayonnomada qöşimça ravişda quyidagi ma'lumotlar körsatilişi kerak: