Buyuk Britaniya şahzodasi şahzoda Harri va uning rafiqasi Megan Markl qirollik xonadonining yuqori martabali a'zolari maqomi va u bilan boğliq imtiyozlardan voz keçişini e'lon qilişi Britaniya jamoatçiligida keng muhokama qilinmoqda.

Saroydan çiqiş. Şahzoda Harri va Megan öz maqomlaridan voz keçişmoqda

Mahalliy naşrlarning yozişiça, qiroliça Yelizaveta II ularning ogohlantirmasdan bunday qarorga kelganidan «qayğuga tuşgan va ranjigan». The Daily Mail esa qiroliça hatto «ğazablangani» haqida yozmoqda.

Qiroliça matbuot xizmati hozirça 8 yanvar oqşomida berilgan qisqaça bayonot bilan çeklandi. «Biz ularning boşqa yondaşuv istagini tuşunamiz, ammo bu vaqt talab qiladigan murakkab masaladir», — deyiladi Yelizaveta II nomidan aytilgan bayonotda.