Özbekiston Fanlar akademiyasi Umumiy va noorganik kimyo instituti fosforli öğitlar laboratoriyasi mudiri, akademik Şafoat Namozov boşçiligida Markaziy Qizilqum nokonditsion fosforitlari, çorvaçilik va parrandaçilik çiqindilari asosida tuproq unumdorligini oşirişda va ösimliklardan yuqori va sifatli hosil olişda muhim ahamiyatga ega bölgan organik mineral öğitlar olişning yangi texnologiyasi işlab çiqildi.
Özbekistonda çorvaçilik qişloq xöjaligining yetakçi sohalaridan biri. Bugungi kunda Özbekistonda qoramolning umumiy soni 12,7 mln., parrandalar esa 75 mln. taga yetdi. Bir kunda hosil böladigan qoramol va parranda göngi jonivor oğirligiga nisbatan 6-8 foizni taşkil etadi. Umumiy holatda har sutkada 110 ming tonna qoramol va parranda göngi hosil böladi. Bir yilda umumiy hajmi 40 mln. tonnani taşkil etadi.
FA xabariga köra, Qizilqum fosforit kombinatida hozirgi kunda fosforitlarni boyitiş jarayonida ajralib çiqayotgan 15 mln. tonnadan ortiq sanoatda işlatilmayotgan past navli fosforitlar töplangan. Fosforli öğitlarning tanqisligi şaroitida bunday xom-aşyodan qişloq xöjaligida foydalaniş muhim hisoblanadi. Göng bilan fosforit asosida organik mineral öğit oliş jarayonida göng tarkibidagi organik kislotalar ta'sirida fosforit tarkibidagi fosfatlar eruvçanligi ortib ösimlik özlaştira oladigan şaklga ötadi. Uşbu usulda öğit olinganda faqatgina göngning özidan öğit olişga nisbatan fiziologik faol moddalar – gumin kislotalar, fulvokislotalar va suvda eruvçan organik moddalar miqdori ortadi, azotli va organik birikmalarning yöqolişi esa kamayadi.
Texnologiya organik mineral öğit olişga möljallangan.

















