Vazirlar Mahkamasining “Davlat tibbiyot muassasalari tomonidan fuqarolarga ma'lumotnomalar beriş tartibini yanada soddalaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjatga köra, Soğliqni saqlaş vazirligi va Adliya vazirligining fuqarolarning Ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turişi yoki turmasligi töğrisidagi ma'lumotnomani Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali taqdim etiş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Belgilanişiça, 2020 yil 1 apreldan boşlab:

Ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hamda Narkologiya dispanseri tomonidan fuqarolarning hisobda turişi yoki turmasligi töğrisidagi ma'lumotnomani töğridan-töğri beriş amaliyoti bekor qilinadi;

fuqarolarga Ruhiy kasalliklar böyiça dispanser hamda Narkologiya dispanseri hisobida turişi yoki turmasligi töğrisidagi ma'lumotnoma faqat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali taqdim etiladi;

narkologiya va ruhiy kasalliklarga çalingan fuqarolar hisobi faqat elektron şaklda yuritiladi.

Adliya vazirligi Soğliqni saqlaş vazirligi bilan birgalikda 2020 yil 1 martga qadar davlat xizmatlarini körsatiş uçun zarur bölgan avtomatlaştirilgan elektron axborot tizimini işlab çiqadi.

Soğliqni saqlaş vazirligi 2020 yil 1 aprelga qadar avtomatlaştirilgan elektron axborot tizimiga Ruhiy kasalliklar böyiça dispanser va Narkologiya dispanseri hisobida turgan fuqarolar haqida tegişli ma'lumotlarni kiritib, elektron baza şakllantirilişini ta'minlaydi hamda davlat xizmatlarini körsatişda tegişli ma'lumotlardan foydalaniş imkoniyatini taqdim qiladi.

Soğliqni saqlaş vazirligi:

2020 yil 1 fevralga qadar davlat xizmatlari körsatiş uçun zarur hujjatlarning namunaviy şakllari, blankalari işlab çiqilişini hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanişini;

2020 yil 1 martga qadar Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda hududiy bölinmalarning YaIDXPga ulanişini;

2020 yil 1 aprelga qadar Davlat xizmatlari agentligi bilan birgalikda Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari iştirokida uşbu qaror bilan tasdiqlangan ma'muriy reglamentlarni amalda qöllaşning samaradorligi va natijadorligi darajasini oşirişga yönaltirilgan öquv seminarlari taşkil etilişi va ötkazilişini ta'minlaydi.