Davlat xizmatlari agentligi Toşkent şahar boşqarmasi tabiiy gazni hisobga oliş uskunasini yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş böyiça eslatma berdi.
«Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 avgustdagi 698-sonli «Yuridik va jismoniy şaxslarning elektr energiyasi, tabiiy gaz, içimlik va issiq suvni hisobga oliş uskunalarini (hisoblagiçlarni) yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamentlarini tasdiqlaş töğrisida»gi qarori qabul qilingan.
Mazkur qarorga ilova qilingan «Tabiiy gazni hisobga oliş uskunasini (hisoblagiçni) yeçiş, qiyoslaşdan ötkaziş va örnatiş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma'muriy reglamenti»gi muvofiq hisobga oliş uskunalarini qiyoslaş davriyligi jismoniy şaxslar uçun — 8 yil, yuridik şaxslar uçun — 4 yilni taşkil etadi.
Reglamentga köra, Hisobga oliş uskunasini (hisoblagiçni) qiyoslaşdan ötkaziş davlat xizmatini körsatganlik uçun jismoniy şaxslardan bazaviy hisoblaş miqdorining 20 foizi, yuridik şaxslardan bazaviy hisoblaş miqdorining 1,5 baravari miqdorida yiğim undiriladi.
Şuningdek, Tabiiy gazni hisobga oliş uskunasini ta'mirlaş yoki yangisiga almaştirişga doir sarf-xarajatlar hududiy gaz ta'minoti taşkilotlari tomonidan qoplanadi deb belgilangan.
Biroq, iste'molçilardan hisoblagiç uskunalarini yangisiga almaştiriş uçun pul undiriş holatlari aniqlanmoqda. Mazkur holatlar yuzasidan Davlat xizmatlari agentligining 11-48 işonç raqamiga murojaat qiliş mumkin», deyiladi Davlat xizmatlari agentligi Toşkent şahar boşqarmasi matbuot xizmati eslatmasida.















