Ijtimoiy tarmoqlarda bu hududda yuzlab avtomaşinalar zararlangani va bir neça kişi vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi.


Kun.uz muxbirlari holatga oydinlik kiritiş uçun voqea joyida bölişdi.


YTH «Samarqand – Qarşi» avtomobil yölining Sazoğon qişloği hududidan ötgan qismida sodir bölgan. Şu qişloqda yaşovçi voqea guvohlarining ma'lum qilişiça, yirik avtofalokat soat 13:00 atrofida sodir bölgan. Avariya tufayli 20ga yaqin maşina turli darajada zarar körgan, hodisa oqibatida maşinalar tirbandligi yuzaga kelgan.
Viloyat içki işlar boşqarmasi, yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi va favqulodda vaziyatlar boşqarmasi rahbar va xodimlari voqea joyiga yetib kelgan. Maxsus evakuatorlar yöl-transport hodisasiga uçragan avtomaşinalarni olib ketmoqda.

Viloyat IIB YHX boşqarmasi vakillarining holat yuzasidan Kun.uz’ga taqdim etgan ma'lumotiga köra, havo harorati keskin pastligi natijasida yölning qatnov qismida muzlama hosil bölgan, qalin tuman natijasida köriş masofasi 5–10 metrgaça qisqargan.
Dastlab, soat 13:20da yuk maşinasining ortidan yengil avtomobil urilgaç, bir neça daqiqa içida yana bir neça avtomobil töqnaşib ketgan. Voqea joyida jarohatlanganlar soni 7 nafar, ulardan tört nafari şifokor körigidan ötgaç uylariga ketgan. Hodisa oqibatida vafot etganlar yöq.
Ma'lum bölişiça, mazkur hududda jami 8ta avtomobil jiddiy zarar körgan, yengil zararlanganlari soni esa 10dan ortiq.

Samarqand viloyat soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmati Nuroboddagi yöl-transport hodisasi oqibatida heç kim vafot etmaganini tasdiqladi. Viloyat SSB axborot xizmati rahbari E.Muhammadiyevning Kun.uz’ga ma'lum qilişiça, avtohalokatdan söng jami 7 kişi şifoxonaga murojaat qilgan bölib, ularning 3 nafari şifoxonaga yotqizilgan, ahvoli örtaça.
















