Özbekiston içki migratsiya darajasi böyiça jahonda eng quyi örinlarda turadi. Mamlakatdagi urbanizatsiya körsatkiçlarida 2009 yildan buyon turğunlik kuzatilmoqda.
Jahon banki tadqiqotçisi Uilyam Seiz ötkazgan tadqiqotda şu haqda söz boradi.
Muallif içki migratsiyaga tösiq bölayotgan ikki asosiy omilni keltirib ötgan: propiska rejimi va şaharda yaşaş xarajatlarining qişloq hududlarga nisbatan ança yuqoriligi.
Ma'lum bölişiça, poytaxt Toşkentda yaşaş xarajatlari Özbekiston böyiça örtaça körsatkiçdan 5,5 barobarga köp. Bu esa qişloqlarda yaşayotgan deyarli barça fuqarolarning poytaxtda hayot keçirişga qurbi yetmasligini bildiradi.
2018 yilda Toşkent şahridagi örtaça maoş miqdori qişloq joylardagi örtaça oylikdan 88 foizga, respublika miqyosidagi örtaça maoşdan 61 foizga yuqoriroq bölgan.
Sörovlar natijasiga köra, aholining taxminan 90 foizi – barça registratsion çeklovlarni bekor qiliş tarafdori.
Ta'kidlanişiça, propiska rejimini bekor qiliş bilangina urbanizatsiya faollaşişiga erişib bölmaydi. Buning uçun şaharlarda arzon uy-joylar quriş sur'atini oşiriş kerak. Ötkazilgan sörovlar özbekistonliklarning 80 foizdan köproği bu fikrga qöşilişini körsatgan.
Tadqiqotçining fikriça, aholining köçiş sur'atlari sustligi mamlakatda mehnat unumdorligi va bandlik darajasi ösişiga salbiy ta'sir qiladi.
Örganiş natijasida quyidagi çoralar tavsiya etilgan:
- şaharlarda keng miqyosda arzon ijara uylarini quriş va ijara uy-joy bozorini şakllantiriş (Singapur, Hongkong va Xitoy tajribasi);
- köçmas mulk daxlsizligini ta'minlaş (bu öz navbatida investorlarni uy-joy qurişga rağbatlantiradi);
- ham uy-joy qurilişi bilan şuğulanuvçi korxonalar, ham uy-joy sotib oluvçilar uçun maqsadli subsidiyalar ajratiş;
- şaharlarni rejalaştirişga (maktab, şifoxona va boşqa ijtimoiy obektlar joylaşuvi) alohida e'tibor qaratiş va hk.
Jahon banki rasmiy saytida e'lon qilingan tadqiqot bankning «Qaşşoqlik va tenglik» global amaliyoti doirasida ötkazilgan bölib, undagi ma'lumotlar Jahon banki va Taraqqiyot strategiyasi markazi hamkorligida 2018 yildan buyon ötkazib kelinayotgan «Özbekiston fuqarolarini tinglaş»









