12 noyabr kuni Quriliş vazirligida 2019 yilda sohada amalga oşirilgan işlar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Vazirlik rahbariyati, hamkor taşkilot va idoralarning mutasaddilari iştirok etgan tadbirda joriy yilning 10 oyi mobaynida qilingan işlar, galdagi rejalar va kutilayotgan yangiliklar haqida batafsil ma'lumot berildi.

Jurnalistlar şahar va qişloqlarda qurilayotgan uylarni loyihalaşda qanday metodlardan foydalanilayotgani, uylar bir-biriga öxşab qolmasligi uçun nimalar qilinayotgani, bu borada xorij tajribasidan qay tarzda foydalanilayotgani bilan qiziqişdi.

Quriliş vazirining örinbosari Şuhratxöja Hoşimovning aytişiça, qurilayotgan obektlarning arxitekturaviy va konstruktiv yeçimlari ilğor xorijiy tajriba asosida qaytadan körib çiqilgan.

«Uylarni qurişda energosamarador va resurstejaydigan texnologiyalarni qöllayapmiz. Umuman, loyihalaştirişda hozir bosqiçma-bosqiç bint texnologiyalari asosida şu uylarning loyihalarini qilyapmiz. Misol tariqasida aytişim mumkin, biz an'anaviy ğiştdan binolarni qurişga örganib qolganmiz, mana bugungi kunda qurilayotgan binolarga e'tibor beradigan bölsak, prezidentimiz uy-joylarning narx-navosini arzonlaştiriş böyiça vazifa bergan. Binolarning devorlarini penobeton, gazobetondan kötarib, uning issiqlik izolyatsiyasini materiallar bilan qoplaş orqali bugungi kunda poydevorning parametrlarini kamaytirişga erişyapmiz.

Bu degani beton kam ketadi, armatura ham şunga yaraşa kam sarf böladi, Demak, binoning yuqori qismi umuman ustuvor konstruksiyalari böyiça bu sarf-xarajatni kamaytiradi, binoning içida işlatilayotgan energoresurslarni ham tejaşga erişiladi», degan Hoşimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Şuhratxöja Hoşimov

Quriliş vaziri örinbosariga köra, yangi texnologiyalarni qöllagan holda binolarning balandligini kötariş ustida iş olib borilmoqda. Uy-joylarni qurişda urbanizatsiya jarayoni hisobga olinmoqda, ya'ni bugungi kunda respublikadagi yer resurslaridan unumli foydalaniş uçun kerakli muhandislik infrastukturasi bor joylarda 16 va undan köp qavatli uy-joylarni quriş, ularni komleks ravişda rivojlantiriş (bolalar boğçasi, maktab, poliklinika va boşqa obektlarni ham birga )ga urğu berilmoqda.

Tadbirda Şuhratxöja Hoşimov jurnalistlarning savoliga javoban uy-joylarning narxini arzonlaştiriş maqsadida quriliş mahsulotlarining, xususan, beton, armaturaning tejalişi uylarning mustahkamligiga qanday ta'sir qilişi haqidagi savolga ham javob berib ötdi.