Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi prezident qarori asosida Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksidan tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum etişni çiqarib taşlaş böyiça qonun loyihasini işlab çiqdi. Loyiha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylaştirilgan.

«Qonun loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanişingiz va öz takliflaringizni bildirişingiz mumkin», deya yozadi AOKA direktori Komil Allamjonov telegramdagi kanalida.

2019 yilning 14 dekabrida Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlaşga qaratilgan qaror imzolagan, unga köra mansabdor şaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari yoki qarorlaridan himoya qiliş tizimi kuçaytirilişi közda tutilgandi.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning dekabr oyi oxirida Andijonda bloger Abdufatto Nuritdinov tuhmat, haqorat va bezorilikda ayblanib 15 sutka ma'muriy qamoq bilan jazolangandi.

Komil Allamjonov uşbu holatga munosabat bildirgandi.

«Bizning agentlik fuqaro Abdufatto Nuritdinov bilan boğliq sud qaroriga ta'sir körsatişga haqli emas. Aybdor tomon sud qaroridan norozi bölsa, kassatsiya tartibida yuqori turuvçi sud instansiyasiga murojaat qilişi mumkin.

Uşbu holat tuhmat va haqorat uçun ozodlikdan mahrum etiş normasini tezroq bekor qilişni taqozo qiladi», degandi Allamjonov.