Toşkent şahridagi “Çorsu” mehmonxona majmuasi davlat aktivlarini sotişda inson omilini kamaytiriş, jarayonlarning şaffofligini ta'minlaş maqsadida elektron onlayn savdolarga çiqarilmoqda.

Davlat aktivlarini boşqariş agentligi xabariga köra, boşlanğiç narxi - 1 söm. Auksionning har bir bosqiçi 100 mln. söm.

Sarmoyador 2 yil mobaynida hukumat kafolatlarisiz kamida 25,0 mln AQŞ dollarga teng ekvivalentda investitsiyalar kiritişi, uç yulduzli mehmonxona xizmatini taşkil etişi hamda 150 ta yangi iş örni yaratişi lozim.

Eslatib ötamiz, 2018 yil 9 martdagi şartnomaga köra, “Çorsu” mehmonxona majmuasi “Inter Tourism” mas'uliyati çeklangan jamiyati şaklidagi xorijiy korxonaga 2017 – 2019 yillar mobaynida hukumat kafolatisiz 33,0 mln. AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritiş orqali 270 öringa möljallangan 4 yulduzli mehmonxona majmuasini quriş va 350 ta yangi iş örnini yaratiş şarti bilan sotilgan edi.

Xorijiy korxona tomonidan oldi-sotdi şartnomasida belgilangan majburiyatlar öz vaqtida bajarilmagani sababli, Toşkent tumanlararo iqtisodiy sudining 2019 yil 2 iyuldagi hal qiluv qaroriga köra, tomonlar örtasidagi şartnoma bekor qilingan.

Hukumatning tegişli topşiriğiga köra, Davlat aktivlarini boşqariş agentligi sobiq “Çorsu” mehmonxona majmuasidan samarali foydalanişni taşkil etiş maqsadida, mazkur obektni investitsiya majburiyatlarini bajariş şarti bilan takroran ommaviy savdolarga çiqarişni közda tutgandi.

Undan oldin, Toşkent hokimi nima uçun Ahmet Demir “Çorsu” mehmonxonasini qura olmasligini aytgandi.