Putinning so‘zlariga ko‘ra, u 1993 yilda qabul qilingan konstitutsiya o‘rniga yangisini ishlab chiqishga zarurat ko‘rmayapti, shu bilan birgalikda, u mamlakatning asosiy qonuniga ayrim o‘zgartirishlar kiritish zarur deb hisoblaydi.

Konstitutsiyani isloh qilish bo‘yicha

ANTON NOVODEREZHKIN/TASS
  • Xalqaro huquq Rossiya qonunlari ustidan to‘liq ustuvorlikka ega bo‘lmasligini Konstitutsiyada mustahkamlab qo‘yish.
  • Mamlakatda 25 yildan kam bo‘lmagan vaqt mobaynida yashagan va hech qachon xorij fuqaroligini yoki xorijda vaqtinchalik yashash huquqini olmagan shaxslar Rossiya prezidentligiga saylanishi mumkin.
  • RF regionlari rahbarlari, parlament, hukumat a'zolari va sudyalar ham boshqa davlat hududida doimiy yashashga ruxsat beruvchi hujjatga ega bo‘lmasligi darkor.
  • Prezident lavozimini bir kishi ketma-ket ikki martadan ortiq egallashi mumkin emasligi borasidagi me'yorni o‘zgartirish mumkin.
  • Bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlarni davlat dumasi tasdiqlashi lozim.
  • Prezident davlat dumasi tomonidan tasdiqlangan nomzodlarni rad qila olmaydi, ammo bosh vazir, uning o‘rinbosarlari va vazirlarni bo‘shata oladi.
  • Kuch ishlatish organlari rahbarlari va hududiy prokurorlarni tayinlashda prezident federatsiya kengashi bilan maslahatlashishi shart bo‘ladi. Bu tuzatishlar bo‘yicha umumxalq ovoz berish jarayoni o‘tkazilishi lozim.

Demografiya va ta'lim bo‘yicha

  • Onalik kapitali birinchi farzand uchun ham to‘lanadi. Uning miqdori — 466 ming rublni tashkil etadi. Ikkinchi farzand uchun 616 ming rubl to‘lanadi.
  • Kam ta'minlangan oilalar uch yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan farzandlari uchun oylik nafaqat oladi. 2020 yilda yashash minimumining yarmi miqdorida, kelgusida yashash minimumining to‘liq miqdorigacha oshirilishi mumkin.
  • Barcha 1-4-sinf o‘quvchilari maktabda bepul ovqatlanadi. Sinf rahbarlari 5 ming rubl ustama oladi.
  • Oliy o‘quv yurtlarida bepul o‘rinlar soni oshiriladi.

Ushbu takliflar ortidan bosh vazir Dmitriy Medvedevning hukumati to‘liq tarkibda iste'foga chiqdi. Putin Medvedev uchun Xavfsizlik kengashi raisi o‘rinbosari lavozimini taklif qildi.