Navoiy şahar Yangi bozor mavzesi hududidagi 4 qavatli savdo markazida yonğin sodir böldi. Kun.uz muxbirlari 16 yanvar soat 23:00ga yaqin yonğin sodir bölgan yerga yetib borişdi va bu vaqtda yonğin bartaraf etilgandi.
Mahalliy aholi orasidagi guvohlarning aytişiça, savdo markazi içidan heç narsani olib çiqişning imkoni bölmagan. E'tiborlisi, aholi vakillari bu bino örnida oldin ham savdo majmuasi bölgani va u ham öz vaqtida yonib ketganini aytişdi.
Ayni damda bino IIB va milliy gvardiya xodimlari tomonidan örab olingan. Yonğin tafsilotlari haqida batafsil ma'lumot beriladi.

















