Avvalroq Kun.uz saytida «Özbekistonda yangi korxonaning gaz hisoblagiçlarini tendersiz örnatişmoqçi. Korxona kimniki?» sarlavhasi ostida maqola naşr etilgandi.

Unda Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Rossiyaning «Gazdevays» AJ bilan hamkorlikda amalga oşirilişi közda tutilgan tabiiy gazni nazorat qiliş va hisobini yuritişning avtomatlaştirilgan tizimini joriy qiliş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisidagi qaror loyihasi töğrisida söz yuritilgandi. 

Loyihada aytilişiça, «Navoiy» erkin iqtisodiy zonasida yiliga 750 ming dona «Smart Metering» sçyotçiklarini işlab çiqariş quvvatiga ega korxona işga tuşiriladi.

Davletovuz’ning bildirişiça, qaror loyihasi bilan yangi korxonaga yaxşigina imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

«Birinçidan, «Qişloq quriliş invest» va «Şahar quriliş invest» AJ va boşqa quriliş taşkilotlariga mazkur sçetçiklarni heç qanaqa tanlov, tendersiz sotib oliş huquqi berilayapti. 

Ikkinçidan, «Hududgazta’minot» AJ 2020—2021 yillarda «Gazdevays» MÇJ QKning sçetçiklarini 3 mln 620 mingdan ortiq iste’molçiga (ham yuridik, ham jismoniy) örnatadi. Bunda ularga Majburiy ijro byurosi yaqindan yordam beradi. Bu ham heç qanaqa tendersiz, tanlovsiz amalga oşiriladi. 

Uçinçidan, «Gazdevays» MÇJ QK ijtimoiy ahamiyatga ega loyihani amalga oşirayotgani uçun uning mahsulotlari QQS, bojxona tölovlaridan ozod qilinadi».

Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi mazkur qaror loyihasi böyiça öz xulosasini berdi.

Xulosada aytilişiça, bozorning barça iştirokçilari uçun teng şaroitlar yaratiş maqsadida loyihada gaz hisoblagiçlarni sotib oliş tender (konkurs) savdolari asosida amalga oşirilişi közda tutilişi lozim.

Şuningdek, bozorning barça iştirokçilari uçun teng şaroitlar yaratiş hamda nohalol raqobatga yöl qöymaslik maqsadida «Gazdevays» MÇJga soliq imtiyozlari berilişi töğrisidagi bandni qaror loyihasidan çiqarib taşlaş tavsiya etilmoqda.