Bugun, 18 yanvar kuni Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga saylangan deputatlar ta'sis yiğilişi bölib ötmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar qildi.

ÖzLiDeP parlament va mahalliy kengaşlar deputatligiga bölib ötgan saylovlar yakuniy natijalariga köra Qonunçilik palatasida 53ta yoki 35,3 foiz örinni egalladi. 

Yiğiliş iştirokçilari tomonidan “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining Reglamenti töğrisida”gi Qonunning 9-moddasiga muvofiq, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasiga saylangan 53 nafar deputatdan iborat ÖzLiDeP fraksiyasini ta'sis etiş böyiça taklif örtaga taşlandi. Uşbu masala atrofliça muhokama qilingandan söng deputatlar tomonidan yakdillik bilan tasdiqlandi.

Şundan söng Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi ÖzLiDeP fraksiyasi rahbari lavozimiga partiya Siyosiy Kengaş Ijroiya qömitasi raisi Aktam Ahmadoviç Xaitov nomzodi taklif etildi va bir ovozdan ma'qullandi. 

Yiğilişda şuningdek, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi spikeri va uning örinbosarlarini saylaş böyiça bölib ötadigan siyosiy partiyalar vakillari Kengaşiga ÖzLiDeP fraksiyasidan ham vakillarni belgilaş masalasi muhokama qilindi va ÖzLiDeP fraksiyasidan uç nafar nomzod körsatildi.

ÖzLiDeP boş vazir nomzodini körsatiş huquqiga ega böldi