Joriy yilning 17 yanvar kuni “Skolkovo” jamğarmasi direktorlar kengaşi raisi, “Renova” kompaniyalar guruhi direktorlar kengaşi raisi Viktor Vekselberg rahbarligidagi delegatsiyani innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonov qabul qildi.

I.Abdurahmonov Innovatsion rivojlaniş vazirligi delegatsiyasining Rossiya Federatsiyasiga, jumladan, “Skolkovo” texnoparkiga qilingan taşrif davomida erişilgan kelişuvlar va ular böyiça hozirgi kunda olib borilayotgan işlar borasida gapirib berdi.

V.Vekselberg öz navbatida innovatsiyalarni rivojlantiriş maqsadida vazirlikning taşkil etilişi Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlarning, jumladan iqtisodiyotni rivojlantirişda ustuvor natijasining yorqin namunasi ekanligini ta'kidlar ekan, Rossiya tomoni özbekistonlik hamkorlar bilan hamkorlik uçun keng imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Rossiya delegatsiyasi öz navbatida Innovatsion rivojlaniş vazirligi mutasaddilarini 2020 yil may oyining ikkinçi yarmida “Skolkovo” jamğarmasining 10 yilligiga bağişlangan tadbirlarda qatnaşişga taklif etdi. 

Uçraşuv natijalariga köra, innovatsion rivojlaniş vaziri I.Abdurahmonov va “Skolkovo” jamğarmasi direktorlar kengaşi raisi V.Vekselberg özaro hamkorlikni rivojlantiriş va kengaytiriş borasida aniq takliflarni işlab çiqiş va ularni amalga oşirişda hamkorlik olib borişga kelişib oldilar.