Toşkent şahrida Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va Senatining qöşma majlisi boşlandi. Unda 97 nafar senator va 150 nafar deputatlar iştirok etmoqda.

Kun.uz muxbiri xabariga köra, qöşma majlisda Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etib, ma'ruza qilmoqda.

Majlisni Qonunçilik palatasi spikeri Nurdinjon Ismoilov olib bormoqda.

Majlis işida Konstitutsiyasining 98-moddasiga asosan Özbekiston Respublikasi boş vaziri nomzodi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunçilik palatasiga saylovda eng köp deputatlik örinlarini olgan siyosiy partiya tomonidan yoki teng miqdordagi eng köp deputatlik örinlarini qölga kiritgan bir neça siyosiy partiya tomonidan taklif etiladi.

Eslatib ötamiz, boş vazir lavozimiga Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan Abdulla Aripov nomzodi körsatilgan.