Bundan taşqari, Men davlatga ikki million yuan (292 ming dollarga yaqin) jarima ham tölaydi. Ayblanuvçi sud hukmiga şikoyat bildirmagan.
Men 2005 yildan 2017 yilga qadar bölgan vaqt davomida jami 14,46 million yuan (taxminan 2 million dollar) pora olganini tan olgan. U 2004 yildan Interpolning Xitoydagi vakili bölgan, 2016 yilning noyabr oyidan boşlab 2018 yilning sentyabrida Xitoyga qölga olinguniga qadar Interpolga rahbarlik qilgan. 2020 yilda uning bu lavozimdagi vakolati muddati tugaşi kerak edi.
Qölga olinganidan keyin u ijtimoiy xavfsizlik vazirining sobiq örinbosari lavozimidan böşatilgan, şuningdek, Xitoy Kommunistik partiyasidan çetlatilgandi.
2018 yilning sentyabrida Men Xunveyning Fransiyada yaşovçi rafiqasi eri Xitoyga safari çoğida ğoyib bölganini ma'lum qilgan. Uning aytib berişiça, ğoyib bölişidan avval unga piçoqning suratini jönatgan. Ayolning fikriça, eri şu tariqa unga xavf ostida ekanligini bildirmoqçi bölgan. Oradan bir neça kun ötib, Xitoy Men Xunvey korrupsiya işi böyiça hibsda ekanligini tasdiqlagan.
Keyinroq Xitoy hukumati u qonun buzişda ayblanib qölga olinganini xabar qilgandi. Köp ötmasdan u Interpol rahbarligidan böşatilib, taşkilotga Janubiy Koreyadan bölgan Kim Yong Yan rahbarlik qila boşladi.
Men ğoyib bölganidan keyin Xitoydagi davlat naşrlarida uning daromadlar böyiça tekşiruvlar tafsilotlari e'lon qilina boşladi.
Masalan, u öz lavozimidan öz rafiqasi Greysni işga joylaşda foydalangani, şuningdek, öz vakolatlarini şaxsiy manfaatlari uçun işlatgani haqida yozilgan.
Greys Men Fransiyadan boşpana sörab murojaat qilgan. U öz hayotidan xavfsirayotgani, uni notaniş şaxslar kuzatayotgani, unga şubhali qönğiroqlar bölayotgani, uning avtomobili noma'lum şaxslar tomonidan suratga olingani haqida gapirgan.













