2020 yil 20 yanvar kuni soat 02:30larda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yöl-transport hodisasi röy berdi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar qilmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga köra, haydovçi, Şovot tumanida yaşagan, 1988 yilda tuğilgan A.O. “Neksiya-3” rusumli avtomobilni Şovot-Urganç yönalişida boşqarib borayotib boşqaruvni yöqotib yöl çetiga ağdarilgan.
Natijada haydovçi A.O. boş qismidan tan jarohati olib kasalxonada vafot etgan.
“Hurmatli yöl harakati iştirokçilari, yöllarda harakatlanganda yöl harakati qoidalariga amal qiling. Yöl huşyorlik va intizomni yoqtiradi, buni har doim yodda saqlang”, - deyiladi xabarda.

















