Xorazm viloyatida plastik kartoçkadagi pullarni Slick dasturi orqali öğirlagan şaxs javobgarlikka tortildi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, 40 yoşli K.I. öz nomiga rasmiylaştirilgan sim kartani TIF “Milliy bank” Şovot filialida fuqaro 23 yoşli G.Ya.ning nomiga rasmiylaştirilgan plastik kartoçkasiga “Bank SMS” tizimi orqali ulanganligini bila turib, uşbu plastik kartoçkadan Slick dasturi orqali 2019 yil 15 avgust kunidan 31 avgust kuniga qadar 1.136.000 söm va 02 oktabr kuni 1.114.000 söm pullarni yaşirin ravişda qölga kiritgan.
Mazkur holat yuzasidan Şovot tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan K.I.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169–moddasi 3-qismi “b” bandi (öğirlik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Dastlabki tergov jarayonida K.I. tomonidan G.Ya.ga yetkazilgan moddiy zarar töliq undirilgan. K.I.ga uşbu modda bilan ayblov e'lon qilingan va unga nisbatan “şaxsiy kafillik” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
2019 yilning 27 noyabr kuni jinoyat işi ayblov xulosasi bilan sud muhokamasiga yuborilgan.
Jinoyat işlari böyiça Gurlan tuman sudining 2020 yil 8 yanvar kungi hukmiga köra, K.I. JKning 169-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan aybdor deb topilib, unga bir yil muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.

















