Asaka tumanida Andijon viloyati böyiça Ğaznaçilik boş boşqarmasi tomonidan davlat xaridlarining oçiq va şaffof tizimi yaratilganligi böyiça oçiq muloqot ötkazildi. Unda tuman hokimligining sohaga aloqador mutasaddilari, tadbirkorlar, tuman ğaznaçilik bölinmasi xodimlari iştirok etdi.

Viloyat böyiça ğaznaçilik boşqarmasi boşliği Xurşidbek Sultonov «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonun mamlakatimizda davlat xaridlarini amalga oşiriş böyiça mavjud normativ-huquqiy bazani yagona hujjat doirasida umumlaştirgani va tizimli ravişda tartibga solgani haqida ma'ruza qildi.

Mutasaddi yiğilganlarga davlat xaridi, elektron dökon va boşlanğiç narxni pasaytiriş uçun ötkaziladigan auksion kabi maxsus axborot portalining dasturiy-texnik kompleksi orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xaridlarini amalga oşiriş usullari, davlat xaridlarining asosiy tamoyillari nimalardan iboratligi haqida gapirdi.

Muloqot davomida tadbirkorlar tomonidan elektron davlat xaridlarida buyurtmaçilar va yetkazib beruvçilar iştirok etişi uçun qanday qulayliklar yaratilgani borasida savollar örtaga taşlandi. Mutaxassislar röyxatdan ötişdan tortib, to tovarni sotiş yoki qabul qilib olişgaça bölgan jarayonning elektron tarzda amalga oşirilişi böyiça tuşunça berdilar.


Tadbir söngida budjet mablağlarini maqsadli sarflanişida boşqalarga örnak bölayotgan hamda öz kasbini uzoq yillardan beri ardoqlab kelayotgan iqtisodçilarga taşakkurnomalar taqdim qilindi.
Elmurod Ermatov
















