Prezident Şavkat Mirziyoyev parlamentga murojaatnomasida ommaviy axborot vositalari sohasi haqida ham fikr bildirib ötdi.

Davlat rahbari ötgan uç yil mobaynida Özbekistonda söz erkinligini ta'minlaş, OAVni har tomonlama rivojlantiriş, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritişi va ijod qilişi uçun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratilganini ta'kidladi.

«Şu örinda, yana bir muhim masalaga alohida e'tiboringizni qaratmoqçiman.

Ötgan 3 yil mobaynida Özbekistonda söz erkinligini ta'minlaş, ommaviy axborot vositalarini har tomonlama rivojlantiriş, jurnalist va blogerlarning erkin faoliyat yuritişi va ijod qilişlari uçun huquqiy asoslar va keng imkoniyatlar yaratildi.

Bundan keyin ham «törtinçi hokimiyat» vakillarining erkin va xolis faoliyat yuritişlari, respublikamizda amalga oşirilayotgan jadal islohotlarni xalqimiz va xalqaro hamjamiyat uçun oçiq-oydin yoritişlari uçun barça şart-şaroitlarni yaratamiz.

Joylardagi muammo va kamçiliklarni röy-rost oçib beriş, ularni haqqoniy yoritişlarida men professional jurnalistlarni hamişa va har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorman», — dedi Şavkat Mirziyoyev.