Bugun, 25 yanvar kuni Xalqaro press-klubning Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yöllagan Murojatnomasiga bağişlangan sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiyada iştirok etgan Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov xufiyona iqtisodiyot haqida gapirdi.

«Birinçi örinda raqamli iqtisodiyot bugungi kunda zamonaviy va milliy iqtisodiyotlarning qiyofasini özgartiryapti, uning samaradorligini oşiryapti va şaffofligini kuçaytiryapti. Prezidentimiz öz murojaatnomasida pensiya masalasiga töxtalib ötdi. Yaqin bir-ikki yil içida pensiya oliş uçun bitta pasportning özi kifoya böladi, deb aytib ötdilar. Bu raqamli iqtisodiyotga bevosita tegişli. Ya'ni bizning pensiya jamğarmasi idoralari har bir odam haqida ma'lumotga ega böladi. Bugun har bir tuman, viloyatdagi pensiya jamğarmasining qiladigan işi arxiv hisoblanadi. Endi arxivdagi hamma ma'lumotlarni raqamlaştiramiz. Endi heç kim [pensiya olişga hujjat töplaş uçun] heç qayerga bormaydi. Bu esa insonlarga yordam böladi. 

Yana bir bizning sohaga tegişli misol keltirişim mumkin. Xufiyona iqtisodiyot masalasiga töxtalib ötmoqçiman. Xufiyona iqtisodiyot bugungi kunda har xil baholarga köra bizning milliy iqtisodiyotimizning 45 foiziga teng. [Muammoni bartaraf etiş uçun] birinçi qadam qöyildi. Soliq islohoti amalga oşirildi. Ikkinçisi, yangi soliq tizimida tadbirkorlar QQSni tölaydigan bölsa, bu QQSda hisob-faktura işlatiladi. Şunça qoğoz hisob-faktura orqali bitta talonning harakatini, ya'ni mendan unga, undan boşqaga ötişini köriş mumkin emas.

Demak, biz elektron hisob-fakturalarni yölga qöyyapmiz. Soliq tölovçi Soliq qömitasidagi özining şaxsiy kabineti orqali tegişli hamma ma'lumotlarni kirgizadi. Şu asosda biz ma'lum bir tovarning harakatini kuzatib boramiz. Şu tovar yöq bölib ketmasligi kerak. Qaçonki bu tovar, mahsulot yoki xizmat sotilib, özlari soliq tölasa, demak öz egasiga yetib borgan böladi. Raqamli iqtisodiyot mehnat unumdorligini oşiradi. Şuning uçun hamma raqamli iqtisodiyotga katta e'tibor berilyapti», deya Jamşid Qöçqorovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.