Ayni paytda Xalqaro press-klubning Özbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga yöllagan Murojatnomasiga bağişlangan sessiyasi bölib ötmoqda. Sessiyada Senat Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev, Qonunçilik Palatasi Spikerining birinçi örinbosari Akmal Saidov, Moliya vaziri Jamşid Qöçqorov, Taşqi işlar vaziri Abdulaziz Komilov, Adliya vaziri Ruslanbek Davletov iştirok etmoqda.
Tadbirda sözga çiqqan Senat Raisining birinçi örinbosari Sodiq Safoyev şunday dedi:
– Bu murojaatning orqasida çuqur tahliliy örganiş yotadi. Bu hujjatni bir marta öqib çiqiş, bir marta eşitiş kifoya qilmaydi, har birimiz, parlament a'zolari, ilm odamlari qayta-qayta öqib, anglab yetiş kerak. Ikkinçidan, 3 yil davomida davlatimizda katta işlar, islohotlar amalga oşirildi, yangi bosqisga ötiş uçun zamin yaratildi. Mana şu 3 yillikning yakuni saylovlar böldi. Bu saylovlarda xalqimiz öz idrokini, siyosiy irodasini namoyiş qildi, saylovlar orqali Oliy Majlis, hukumat şakllantirildi. Bizda yangi bosqiçga ötiş uçun zamin yaratildi.
Şunday xulosa qildimki, bu hujjat faqat keyingi yil uçun möljallangan murojaat emas. Bu keyingi 10 yillik uçun möljallangan. Men uçun şunday xulosa böldiki – Özbekiston muhtaşam 10 yillik davriga kirdi. Bu biz uçun hayot-mamot masalasi böladi. Yo raqobatbardoş, zamonaviy, rivojlangan davlat bölamiz, yoki orqada qolib ketamiz – dedi spiker.

















