«Tottenhem» yarimhimoyaçisi Kristian Eriksen «Inter» futbolçisiga aylandi. Bu haqda klubning «tvitter»dagi rasmiy sahifasida e'lon qilindi.

Daniyalik 27 yoşli futbolçi va klub örtasida 2024 yilning 30 iyuniga qadar şartnoma imzolangan. Kelişuv şartlari hozirça ma'lum qilingani yöq.

Oldinroq, «Tottenhem» va «Inter» futbolçining transferini 20 million yevroga kelişgani, undan 2 million yevro futbolçini tarbiyalagan «Ayaks» klubi hisob raqamiga ötkazilişi haqida xabar qilingandi. U 2013 yilda «Ayaks»dan London klubiga ötgandi, uning «şporlar» bilan şartnomasi 2020 yilning yozigaça tuzilgandi.

OAV ma'lumotiga köra, futbolçi yangi klubida yiliga 10 million yevro miqdorida maoş oladi, u bu orqali A Seriyada Kriştianu Ronaldudan keyingi ikkinçi eng köp maoş oluvçi futbolçi böladi.

Joriy mavsumda Eriksen «Tottenhem» barça turnirlar doirasida 28 öyinda maydonga tuşib, 3 gol urgan va 3 golga uzatma bergandi.