Bank matbuot xizmati xabar berişiça, 27 yanvar bank aksiyadorlarining navbatdan taşqari yiğilişida Alişer Mirzayevni «Kapitalbank» boşqaruvi raisi etib tayinlaş töğrisida qabul qilingan.

Alişer Mirzayev 1969 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. 1993 yilda Toşkent arxitektura-quriliş institutini, 2000 yilda Toşkent moliya institutini tamomlagan.
1993 yildan 2018 yilgaça «Ipak Yöli» bankida turli lavozimlarda, xususan, rais vazifasini bajaruvçi lavozimida işlagan.
Alişer Mirzayev 2018 yilda «Hamkorbank» boşqaruvi raisining bankni rivojlantiriş böyiça örinbosari etib tayinlangandi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning iyunida «Kapitalbank» boşqaruvi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangan Oleg Kim 2020 yilning 4 yanvarida öz lavozimini tark etgan va Aleksey Gluşçenko bank boşqaruvi raisi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangandi.












