Mazkur jinoiy iş jinoyat işlari böyiça Toşkent viloyat sudi sudyasi X.Şermuxamedov raisligida körib çiqilmoqda.
Sudlanuvçilar A.Tursunboyev va boşqalar Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik)da nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Hozirgi kunda sud tergovi ötkazilmoqda. Sud jarayoni davom etmoqda. Keyingi sud majlisi 30 yanvar kuni ötkaziladi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning 28 oktyabrida jinoyat işlari böyiça Quyi Çirçiq tuman sudi binosida sudlanuvçilar Ahmad Tursunboyev va boşqalarga (sudlanuvçilarning umumiy soni — 16) nisbatan jinoyat işining tergov bilan yakunlangan qismini körib çiqiş böyiça uçinçi oçiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi. Unga köra, Özbekiston tarixidagi eng maşhur moliyaviy piramidani qurgan çinozlik Ahmad Tursunboyevga 13 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan, 1 yil tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş taqiqlangan va u eng kam iş haqining 400 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.
Ozodlikdan mahrum qiliş jazosining ötalmagan muddati, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2016 yil 12 oktyabrdagi «Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma tört yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisida»gi Qarorining 6-bandi «b» kiçik bandiga asosan törtdan bir qismiga qisqartirilgan.
2019 yilning dekabrida Majburiy ijro byurosi Toşkent viloyat boşqarmasi boşliği örinbosari Bekzod Mengliyev Ahmad Tursunboyevning odamlardan jami 386 mlrd söm miqdorida qarzi mavjudligini ma'lum qilgandi. 2020 yilning yanvar oyi oxirida undan jabrlanganlarning pullarini qisman qaytariş boşlandi.

















