Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:30 / 29.01.2020
16885
2 daqiqa o‘qiladi
Paxtani qayta ishlash korxonalari xususiylashtiriladi
Prezidentning «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2020 yilda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi»gi qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida 2020 yilda:
«Sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish» yo‘nalishida:
- 2020 yil 1 martdan paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishda band bo‘lmagan maydonlarni tuproq-iqlim sharoitlari va bozor kon'yunkturasidan kelib chiqqan holda tumanlarni bosqichma-bosqich ixtisoslashtirish tizimi joriy etiladi;
- Kreditlash va sug‘urtalash mexanizmini qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tarmog‘ining strutegik ustuvor yo‘nalishlari hamda ehtiyojlariga mos ravishda takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
- 2020 yil 1 aprelga qadar boshoqli don va paxtani qayta ishlash, resurs ta'minoti va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi davlat ulushlari mavjud korxonalarni xususiylashtirish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026