Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Shodmonov videoselektor o‘tkazdi. Koronavirusga qarshi choralar kuchaytiriladi
O‘zbekistonga kirib kelish nuqtalarida 52ta sanitariya-karantin punktlari ishlamoqda. Vaziyatni nazorat qilish uchun tuzilgan maxsus shtab 24 soat faoliyat ko‘rsatyapti. Barcha zaruriy choralar ko‘rilgani aytilmoqda.
Bugun, 1 fevral kuni O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus epidemiyasi masalasida Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, yig‘ilishni vazir Alisher Shodmonov olib borgan.
Ma'lum qilinishicha, havo, avtomobil va temir yo‘l transporti obektlarida sanitariya-epidemiologiya va migratsiya nazorati kuchaytirilmoqda. Davlat chegaralarining kesishish joylarida 52ta sanitariya-karantin punktlari (SKP) faoliyat ko‘rsatyapti.
«Bu borada qo‘llanma va tavsiyalar ishlab chiqilib, barcha tegishli vazirlik va idoralarga ijro uchun yuborildi. Tun-u kun faoliyat ko‘rsatuvchi maxsus shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Kasallikka gumon qilingan fuqarolarni ixtisoslashtirilgan davolash muassasalarida chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilmoqda», – deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, ushbu chora-tadbirlar xavfsizlikni to‘liq kafolatlaydi degani emas.
«Negaki koronavirus infeksiyasi havo tomchilari orqali o‘tishi, insondan insonga yuqishi, shuningdek, kasallikning klinik belgilari 14 kungacha yashirin kechishi xotirjam bo‘lishga sabab bo‘lmasligiga e'tibor qaratildi. Qolaversa, bugungacha 20ga yaqin tibbiyoti rivojlangan mamlakatda bu kasallik kuzatilayotganligi vaziyatning naqadar jiddiyligini ko‘rsatib turibdi.
Shu bois ham, videoselektorda ayni paytga qadar yurtimizda bunday kasallikka chalinish holati umuman kuzatilmaganiga qaramasdan, ehtiyot choralarini yanada kuchaytirish borasida mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.

Jumladan, xorijdan, ayniqsa Xitoydan kelayotgan fuqarolarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, ularning ro‘yxatini shakllantirish, kasallikning yashirin davri davomida tibbiy nazoratga olish, zaxira o‘rinlarini tayyorlash, dori-darmon, dezinfeksiya vositalari va zarur tibbiy anjomlar bilan ta'minlash ustidan nazoratni yanada kuchaytirish, kasallikka qarshi kurashishda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdagi faoliyatni kuchaytirish kabi qator vazifalar ko‘rsatib o‘tildi», – deb ma'lum qilingan Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotida.
- Prezident koronavirus bo‘yicha farmoyish chiqardi
- Xitoy bilan aviaaloqa to‘xtatildi, Xitoydagi fuqarolar O‘zbekistonga qaytariladi
Mavzuga oid
15:32 / 09.06.2026
Andijonda 4 nafar egizak dunyoga keldi
18:37 / 21.09.2025
COVID-19 pandemiyasi boshlanishini yoritgan xitoylik jurnalist 4 yilga qamaldi
17:59 / 25.08.2025
“Soxta kosmetologlar va sifati kafolatlanmagan muolajalardan ogoh bo‘ling” – SSV
15:47 / 06.08.2025