Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub'yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş böyiça vakil – biznes ombudsman tadbirkorlar huquqlari va manfaatlarini yetarli darajada himoya qila olmoqdami? Şunday bölsa, ba'gi tadbirkorlar örtasida biznes-ombudsman faoliyatiga nisbatan işonçsizlik bildirilişiga sabab nima? Umuman, mazkur institut tadbirkorlarga qançalik yordam berayapti. Biznes-ombudsman Dilmurod Qosimov Kun.uz muxbirining şu kabi savollariga javob berdi.
«Sudlarga tadbirkorlar manfaatlarida 23 mlrd sömlik da'vo arizalari kiritildi. Şundan 21 mlrd söm mablağ tadbirkorga undirib berildi. Qolaversa, har bir kiritilgan da'vo arizasi böyiça bizning xodim borib, tadbirkor advokati sifatida qatnaşdi. 2-33 dan davom etadi. Mana bizlar 423ta ta'sir çorasi qölladik. Bu ham katta narsa. Şundan 138tasida ma'muriy huquqbuzarlik uçun jarimalar solingan. Ular ham davlat odamlari, ammo tadbirkorlar faoliyatiga noqonuniy aralaşgani, tösqinlik qilgani uçun jarimaga tortilgan.
Qolaversa, 1200ta tadbirkorlarni tekşiriş amaliyoti ötkazilgan bölsa, şundan 529tasi rad etildi. Bizlar işlamayotgan bölsak, tekşiruvçi organ tadbirkorlar faoliyatini örganar edi. Noqonuniy tekşiruvlarga yöl qöyganligi uçun ham 40 nafardan ortiq mansabdor şaxsni ma'muriy javobgarlikka tortganmiz. Nega, tadbirkor ariza yozgani uçun»
- Tadbirkorlar biznes-ombudsman yoki Savdo-sanoat palatasi faoliyatidan norozilik izhor qilişadi. Ayb kimda deb öylaysiz? Tadbirkorlarning özidami?
«Ayb kimdaligini sizga aniq ayta olmayman. Çunki, har bir inson xato qiladi. Har qanday taşkilotga nisbatan salbiy fikr bor».
- Tizimli ravişda xato qilişi kerak emas-ku...
«Tuşunyapman. Ammo, xatolar bilan birga, yutuqlarimiz ham bor-ku. 3 mingdan ortiq murojaat kelib tuşgan bölsa, şundan 2 mingta atrofdagi ariza ijobiy hal qilindi. Şu bilan birga, tadbirkorning özi ham öqişi kerak, özining huquqini tuşunişi kerak.
Bizdan qonunga asoslangan huquqini himoya qilişni sörasa, biz yordam beramiz. Ammo, u huquqini bilmaganligi bois, noqonuniy narsani ham söraşi mumkin. Uni aybdor demayman, lekin u ham öz huquq-majburiyatlarini öqib-örganişi kerak.
Öqimişli tadbirkor, kredit olganda ham şu kreditni nimagadir sarflab, daromad olişni közda tutadi. Bankdan kredit olib “yeb ketgan” holatlar ham bölyapti. Nega? Çunki, “bankdan kredit olgani tadbirkor bölib qoldi”, degani emas. Tadbirkor öqisagina işi rivojlanadi. Pulni olib, mablağni unga-bunga urib, aylantirgan qiynaladi», - dedi Dilmurod Qosimov.
















