Ötgan davr mobaynida tadbirkorlardan kelib tuşgan 7 ming 127 ta murojaatlar xususiyatlari böyiça tahlil etilganda 12 foizi soliqqa oid, 11 foizi yer, kadastr va arxitekturaga oid, 10 foizi bank, kreditga oid, 10 foizi tekşiruvlarga oid, 8 foizi sud qarori ijrosiga oid va boşqa masalalarga oidligi aniqlandi.

Qolaversa, “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali orqali 7 ming 113 ta murojaatda 8 ming 131 ta masala kelib tuşgan bölib, mazmuniga köra murojaatlarning 17 foizi bank va kreditga oid, 11 foizi soliq, 8 foizi mansabdor şaxslarning xatti-harakati, 8 foizi yer maydoni, yoki bino ajratiş, kadastr masalalari, 8 foizi sud va boşqa organ hujjatlarini ijro etiş, 7 foizi infratuzilma masalalari, 41 foizi boşqa masalalarga tegişli.

Aniqlangan qonunbuziliş holatlari böyiça 8 ta taqdimnoma kiritilgan va 122 nafar mansabdor şaxsga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan.