Kun.uz Özbekistonda kosmetologiya sohasi nazoratsiz rivojlanayotgani ortidan köplab muammolar yuzaga kelgani haqida suriştiruv e’lon qilgandi.

Körsatuvda çiqiş qilgan Toşkent şahar Sanitariya-epidemiologik osoyiştalik va jamoat salomatligi boşqarmasi bölim mudiri Dilbar Töraxöjayeva mutaxassislar kosmetologik sub’yektlarni mustaqil tarzda borib tekşira olmasligini aytib ötgandi.

«Faqat ariza kelib tuşgan hollarda, unda ham aniq faktlar bölsagina, biznes ombudsmandan ruxsat olgandan keyin tekşira olamiz. Kosmetologlar tadbirkorlik sub’yekti sifatida röyxatdan ötgani uçun ularning faoliyatiga aralaşişimiz mumkin emas – bu qonunda belgilangan», degandi u.

Mazkur holat yuzasidan biznes ombudsman Kun.uz’ga quyidagilarni ma’lum qildi:

2025 yil 1 yanvardan boşlab tadbirkorlik sub’yektlari faoliyatida ötkaziladigan tekşiruvlar biznes ombudsmanni «Yagona davlat nazorati» axborot tizimi orqali xabardor qiliş tartibida ötkazilmoqda, ya’ni tekşiruvlarni biznes ombudsman bilan kelişiş tartibi töliq bekor qilingan.

Inson soğliği va hayotiga xavf tuğdiradigan va şoşilinç aralaşuvni talab qiladigan holatlarda tekşiruv boşlanganidan söng 24 soat içida maxsus platforma orqali xabardor qiliş tartibi mavjud.

Taşkilot Dilbar Töraxöjayevaning fikrlariga ham şarh berib ötdi:

«Birinçidan, amaldagi qonunçilikka köra, tadbirkorlar faoliyatida tekşiruv ötkaziş uçun quyidagi asoslar mavjud:

  • «Xavfni tahlil qiliş» elektron tizimi natijalari;
  • aniq faktlar;
  • holatlar böyiça fuqarolarning hayoti va soğliğiga, jamoat xavfsizligi, atrof-muhitga, jismoniy va yuridik şaxslarning hamda davlat manfaatlariga zarar yetkaziş xavfining oldini oliş yoki bartaraf etiş uçun jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari, davlat organlari va taşkilotlari ma’lumotlari, ommaviy axborot vositalari va boşqa axborot manbalaridan olingan ma’lumotlar.

Ya’ni noqonuniy faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik sub’yektida biznes ombudsman bilan kelişmasdan (ruxsat olmasdan) xabardor qilgan holda tekşiruv ötkaziş vakolati barça nazorat qiluvçi organlarda mavjud.