Andijon viloyati hokimi Şuhratbek Abdurahmonov Xalq ta'limi vazirligi tomonidan «Xalq ta'limi homiysi» kökrak nişoni bilan taqdirlandi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, viloyat rahbari «2019 yilda xalq ta'limi muassasalarini moddiy-texnika bazasini rivojlantiriş böyiça körsatgan alohida e'tibori va yordami uçun» e'tirof etilgan.
Kökrak nişonini 1 fevral kuni Xalq ta'limi vaziri örinbosari Dilşod Kenjayev tantanali ravişda topşirdi.

Ma'lumot uçun, Andijon viloyatida 764ta maktab, 17ta «Barkamol avlod» bolalar maktablari va bitta bolalar şaharçasi faoliyat körsatmoqda.
Umumta'lim maktablarida ta'lim olayotgan 555 ming 448 nafar öquvçiga 39 ming 867 nafar öqituvçi ta'lim-tarbiya beryapti.

2019 yili davlat dasturlari asosida viloyatda jami 53ta umumta'lim maktablarida quriliş-ta'mirlaş işlari amalga oşirildi. Jumladan, 2ta yangi maktab qurildi, 27ta maktab kapital-rekonstruksiya va 24ta maktab kapital ta'mirlandi. Uşbu işlarga 177,1 mlrd.söm mablağ sarflandi.
Şuningdek, mahalliy budjetdan ortirilgan mablağlar hisobidan qöşimça ravişda Şahrixon va Uluğnor tumanlarida yangi maktab binolarini quriş uçun 14,5 mlrd. söm mablağ ajratilib, Şahrixon tumani Karnayçi MFY hududida yangi maktab qurib foydalanişga topşirildi.
















