-        Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining paxta mehnati bilan boğliq şaroitlarni yaxşilaş uçun Özbekiston hukumatiga tavsiyalari nimalardan iborat?

-        Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasi 2018 iyun oyida özining quyidagi 3 asosiy masalaga doir qaraşlari va tavsiyalarini qamrab olgan islohotlar «yöl xaritasi»ni işlab çiqdi va özbek hukumatiga taqdim etdi. Bular, birinçidan paxta bilan boğliq tizimli majburiy mehnat holatlariga barham beriş; ikkinçidan, majburiy mehnatga barham berişda zarur bölgan tuzilmaviy islohotlarni kuçaytiriş hamda uçinçidan, paxta yiğim-terimi paytida majburiy mehnatni monitoring qilişda fuqarolik jamiyatlarini qöllab-quvvatlaş bilan birga, ularning islohotlar jarayoniga oçiq va erkin tarzda bevosita jalb qilinişiga imkoniyatlar yaratişdir.

Şunday qilib, biz dastlabki ikki sohada, majburiy mehnatga barham berişda sezilarli yutuqlarni kördik. Bugungi kunda Xalqaro Mehnat Taşkiloti tomonidan ötkazilgan monitoring natijalari sezilarli yutuqlarga erişilganini körsatmoqda. Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasining muhim hamkori bölgan Özbekiston-Germaniya forumi tomonidan şu haftaning boşida çop etilgan dastlabki natijalar, töliq bölmasa-da, bu sohadagi muhim taraqqiyotni körsatib turibdi. Şunga qaramay, Xalqaro Mehnat Taşkiloti hisoboti ham muammolar mavjudligini tasdiqlaydi.

Şunday qilib, majburiy mehnatni yanada qisqartiriş va butunlay yöq qiliş kerak, yaşirin majburiy mehnat, şu jumladan, klasterlarda ham bölmasligi kerak. Ammo biz keça keçqurun prezident tomonidan qabul qilingan va bugun qişloq xöjaligi vaziri tomonidan 2020 yilda paxta yetiştiriş böyiça davlat buyurtmasi bölmasligiga doir juda muhim bayonotni eşitdik. Bu juda ijobiy, juda konstruktiv qaror.

Biz uçun köproq rivojlantirişimiz kerak bölgan fuqarolik jamiyatida nafaqat paxta bilan boğliq jarayon muhim, balki fermerlarga, işçilarga, mustaqil kasaba uyuşmalariga, hokimlar va iş beruvçilarga mustaqillik beriş ahamiyatlidir.

Bu yerda katta muammo bölgan mehnat huquqlari va inson huquqlari sohasida faoliyat yurituvçi NNT va boşqa guruhlarni körişni xohlaymiz. Ammo, Cotton Campaign xalqaro koalitsiyasidagi mening hamkasblarim singari islohotlarning rivojlanişi davom etişiga umid qilaman va biz mas'uliyatli manbalar, mas'uliyatli investitsiyalar va mas'uliyatli biznesni qöllab-quvvatlamoqçimiz, bu esa, Özbekistonda yoşlarga iş va imkoniyatlar yaratadi.

-