Toşkent şahar hokimligi matbuot xizmatining xabar berişiça, uşbu sanitariya tadbiri bir hafta davom etadi. Bu muddatda avtosaroylar va ulardagi transport vositalari hamda Toşkentdagi barça şohbekatlarda dezinfeksiya işlari bajariladi.

Eslatib ötamiz, 2019 yilning dekabrida Xitoyda tarqala boşlagan xavfli yuqumli virus — koronavirus bugungi kunga kelib global miqyosdagi favqulodda holatga aylandi. Sönggi ma'lumotlarga köra, uşbu virus qurbonlari soni 600 nafarga yaqinlaşdi.

4-5 fevral kunlari Özbekiston Xitoy va Uxandagi fuqarolarini evakuatsiya qiliş işlarini amalga oşirdi. Uçta charter reysda (ikkitasi Pekindan va bittasi Uxandan) jami 580 kişi olib kelindi. Ularning aynan qançasi Uxandan olib kelingani aniq emas. Evakuatsiya qilinganlarning barçasi Toşkent şahri va Toşkent viloyati hududida maxsus tayyorlangan sanatoriylarda ikki hafta davomida karantin holatida saqlanadi.